Qirg‘iz-tojik chegarasidagi to‘qnashuvning yangi tafsilotlari ochiqlandi
Olam
−
06 avgust 2020
15335Avvalroq, Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida otishma yuz bergani, unda Dalvat chegara xizmati xodimi jarohatlangani haqida xabar bergan edik.
Tojikiston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi bergan ma’lumotga ko‘ra, to‘qnashuv natijasida bir fuqaro halok bo‘lgan.
“Yuz bergan hodisa natijasida Somoniyon qishlog‘ida yashovchi Tojikiston fuqarosi halok bo‘ldi. Chorkux tumanida yashovchi bog‘bon 1955 yilda tug‘ilgan Vohid Vahhobov oyog‘idan jarohat olib, vafot etdi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, chegara tashkilotining ma’lum qilishcha, 6 avgust kuni soat 4:00 larda Qirg‘iziston Respublikasi “Ko‘ktosh” nazorat-o‘tkazuv punkti boshlig‘i Sher Kabirov Isfara shahri Chorkux jamoati Langari Mohiyon mahallasida noma’lum shaxs tomonidan TOZ-8 ov qurolidan jarohatlangan”, deyiladi xabarda.
Ayni vaqtda Qirg‘izistonning Botken viloyati va Tojikistonning Isfara chegara qismi bo‘yicha mas’ullari uchrashuv o‘tkazyapti.
Tomonlar aholi orasida holatga oydinlik kiritish ishlarini olib boryapti.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr