Qirg‘iz-tojik chegarasida otishma: Bishkek hududga qo‘shin olib kelyapti

Olam

image

Avvalroq qirg‘iz-tojik chegarasida harbiylar o‘rtasida otishma bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi kuchlari, shuningdek, respublika armiyasi va politsiyasi Tojikiston bilan chegaraga olib kelish boshlangan. Hududda kazarma tartibi e’lon qilingan, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Bir necha kishi yaralangan to‘qnashuv va bir-biriga tosh otishdan keyin huquq-tartibot idoralari olomonni tarqatish uchun havoga o‘q uzishni boshlagan.

Toshkent vaqti bilan soat 20:48 da Tojikiston tomoni o‘t ochishni to‘xtatgan. Hozirgacha uch nafar tojik harbiysi yaralangani aytilmoqda. Qirg‘iziston tomoni jarohatlangan haqida ma’lumot bermadi.

Ammo Botkenda otishma bo‘layotgan hududda odamlarni evakutsiya qilish ishlari boshlangan. O‘sh-Botken-Isfara yo‘li yopilgan.

Qirg‘iziston bilan chegaradagi tojik chegarachilari kuchaytirilgan navbatchilik rejimiga o‘tkazildi. Tojikiston qirg‘iz chegarachilarining harakatlarini o‘z hududiga bo‘lgan tajovuz, deb baholamoqda. Vaziyat keskinlashgani munosabati bilan Batken viloyatida tezkor shtab tuzildi. 

Voqealar rivojini kuzatamiz.


Maqola muallifi

Teglar

chegara Qirg'iziston-Tojikiston

Baholaganlar

1021

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing