Qirg‘iz-tojik chegarasida mojaro chiqdi

Olam

image

Bugun, 14 iyun kuni davlat chegarasining qirg‘iz-tojik uchastkasida otishma yuz berdi. Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara xizmati xabariga ko‘ra, tojik tomoni granata va minomyotlardan foydalangan.

“Taxminan soat 07:00 da Botken viloyatining Botken tumani Buloq-Boshi hududida Tojikistonning “Kex” chegara posti tomonidan Qirg‘izistonning Buloq-Bashi chegara posti tomon o‘q uzildi. Bunga javoban qirg‘iz tomoni ham Tojikiston posti tomon javob o‘q uzgan”, deyiladi chegara xizmati xabarida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki tomon chegarachilari zudlik bilan jangovar pozitsiyalarni egallagan. So‘ng Qirg‘izistonning Botken viloyatidagi chegara vakili va Tojikistonning So‘g‘d viloyatidagi chegara vakili o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tgan. Tomonlarning chegara otryadlari boshliqlari voqea joyiga jo‘nab ketishgan.

“Ertalab soat 7:50 da Tojikiston tomoni granata va minomyotlardan foydalangan holda yana o‘t ochishni boshladi. Soat 8:10 da otishma to‘xtadi. Ayni paytda otishma sabablariga oydinlik kiritish va vaziyat keskinlashuvining oldini olish maqsadida tomonlarning chegara vakillari uchrashuvi o‘tkazilmoqda”, deyiladi xabarda.

Qirg‘iz-tojik chegarasidagi vaziyat keskinligicha qolmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

qirg'iz-tojik chegarasi

Baholaganlar

352

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing