Qimorni reklama qilgan blogerlar javobgarlikka tortildi
Jamiyat
−
19 fevral 4004 1 daqiqa
Bugun, 19 fevral kuni Raqobat qo‘mitasi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bukmekerlik xizmatlarini reklama qilgan blogerlarni aniqladi.
Tekshiruvlar davomida bir necha yuz minglab kuzatuvchiga ega blogerlar o‘z sahifalarida bukmekerlik xizmatlarini reklama qilgani malum bo‘lgan. Xususan, bunday holatlar blogerlar F. Shirinboyeva hamda D. Baxtiozin sahifalarida kuzatilgan. Ular ijtimoiy tarmoqlarda qimor o‘yinlarini targ‘ib qiluvchi sahna ko‘rinishlari asosida videolar tayyorlagan.
Mazkur qonunbuzarliklar bo‘yicha blogerlar ma’muriy javobgarlikka tortilgan va ish hujjatlari sudga yuborilgan.
Ma’lumot uchun, “Reklama to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, O‘zbekiston hududida qimor o‘yinlari va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni reklama qilish taqiqlanadi. Bunday reklama uchun javobgarlik belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda 120 ming dollarni qimorga tikib yuborgan shaxslar ushlangandi.
Live
Barchasi