Qimmatga tushgan sevgi: turkiyalik yigit o‘zbekistonlik ayolni 290 ming dollarga “tushirdi” (video)

3-sahifa

image

Turkiyada 41 yoshli O‘zbekiston fuqarosi L. R. 26 yoshli Ahmad O‘zmen tomonidan nikoh va’dasi bilan 290 ming dollarga aldandi. Bu haqda ayol atv telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, L.R. Xitoyda tijorat bilan shug‘ullanib kelgan. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, Ahmad O‘zmen bilan munosabati internetdagi tanishuv saytlaridan biridan boshlangan. Avval boshda yigit o‘zini 35 yoshda ekanini aytgan va tanishuvning to‘qqizinchi kunidayoq L.R.dan pul so‘ragan.

“Saytga kirganimda muhit menga yoqmadi. Chiqib ketmoqchi bo‘lganimda, hali chiqishga ulgurmasimdanoq Ahmad menga yozishni boshladi. Oradan 9 kun o‘tib, “Sen haqingda niyatim jiddiy. Uylanish uchun uy ham sotib oldim. Ichiga mebel olmoqchiman”, deb pul so‘radi. Shundan so‘ng 3 500 AQSH dollari yubordim. Keyin esa “Uyni almashtiraman. Juda yaxshi uy oldim, 30 000 AQSH dollari yetmayapti!”, dedi. Ishondim va yana 30 000 dollar yubordim”, degan ayol. 

Jabrlangan L.R. ning qo‘shimcha qilishicha, Ahmad pul so‘rashidan oldin bundan avval o‘zbekistonlik ayol tomonidan aldanganini, ayol uning 9 500 AQSH dollari pulini olib, O‘zbekistonga ketib qolgani aytgan. 
Shuningdek, Ahmad uylanishi haqidagi gapiga ishontirish uchun L.R.ning zayif nuqtasini topib, bundan foydalanib qolgan. 

“Rostini aytsam, mening sog‘liq bilan bog‘liq bir muammoyim bor. Ahmad meni shu holim bilan qabul qildi deb o‘ylab, menga uylanishiga ishonganman”, degan L.R.

Ahmad esa L.R. ning bu gaplarini inkor qilib, undan hech narsa olmaganini aytgan.

“U mening shar’iy nikohli ayolim bo‘ladi. Yolg‘on gapiryapti, men unday inson emasman. Men undan hech narsa olmaganman, o‘zi qarz sifatida bergan”, degan Ahmad.

L.R. bu gaplarni inkor qilib, ikki kunda qaytaraman deb 160 ming AQSH dollari olganini, biroq 2 yildan buyon qaytarmayotganini, shuningdek, bu pulni topish uchun Turkiya banklaridan kredit olganini aytgan.

Qolaversa, Ahmad L.R. semirtiruvchi dori deya, psixotrop dorilar ham olib kelib bergan. Ayol bu dorilar haqida bilish uchun shifokorga olib borgan va  bular qanday dori ekanligi ma’lum bo‘lgan. O‘zbekistonlik ayol hali ham pulini ololmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiyada 23 yoshli yigit o‘z sinfdoshining 83 yoshli buvisini sevib qolib, u bilan turmush qurishni rejalashtirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

dollar Turkiya O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing