Qimmatbaho metallarni sotib olish tartibiga qo‘shimchalar kiritildi
Jamiyat
−
26 fevral
5154Joriy yilning 24 fevral kuni qabul qilingan O‘zbekiston Prezidenti Qarori (PQ-85-son) bilan ayrim normativ huquqiy hujjatlarga qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga kiritilgan qo‘shimchalardan biri qimmatbaho metallarni kechiktirib to‘lash sharti bilan sotib olish imkoniyatidan foydalanilgan har bir kun uchun foizlar hisoblash tartibi joriy qilinishidir.
Unga ko‘ra,
- 30 kun ichida amalga oshirilgan to‘lovlar qismiga – foiz hisoblamaslik;
- 31-kundan 180 kun ichida amalga oshirilgan to‘lovlar qismiga – Markaziy bank asosiy stavkasi miqdorida foiz hisoblash belgilandi.
Shuningdek, “Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va mahalliy zargarlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga qimmatbaho metallarni birja savdolarida chegirmalar qo‘llagan holda sotib oluvchi tadbirkorlarga qo‘yiladigan mezonlarni belgilashda yangicha tartib qilinishini nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritilgan.
Unga ko‘ra,
- yaratilgan ish o‘rinlarining kamida 70 foizini zargarlik buyumlari va qimmatbaho metall buyumlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan ishchilar kasblarini tashkil etish;
- yaratilgan ish o‘rinlariga ishga qabul qilingan xodimlarga kamida 6 oy davomida ish haqi hisoblanishi va ushbu holat soliq organlari tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi;
- tadbirkorlik sub’ektlari zarur moddiy-texnika bazasi, uskunalar va boshqa texnika vositalari, ishlab chiqarish maydonlari hamda sharoitlarga ega bo‘lishi.
LiveBarchasi