Zargarlik sohasida ishlab chiqarish 13 trln so‘mdan oshdi
Olam
−
16 mart 1004 1 daqiqa
Qisqa muddatda zargarlik sanoatida ishlab chiqarish 3,3 karra o‘sib, 13 trillion so‘mdan oshdi. Bu haqda bugun, 16 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 3-mis boyitish fabrikasini ishga tushirish marosimida aytildi.
Xususan, Olmaliqda “Moskva po‘lat va qorishmalar instituti” universiteti filiali, Olmaliq texnika instituti, Toshkent shahrida Geologiya fanlari universiteti (Uxan geologiya universiteti bilan hamkorlikda) hamda Italiyaning Piza universiteti filiali tashkil qilingan.
Navoiy konchilik texnologiyalari universitetida ham Rossiya, Kanada, AQSH, Fransiya va Chilining ilg‘or oliygohlari bilan qo‘shma dasturlar yo‘lga qo‘yilgan.
Ushbu oliygohlarda yiliga 2,5 mingga yaqin tor soha mutaxassislari tayyorlanmoqda.
Natijada ilgari qimmatbaho va rangli metallar asosan xomashyo shaklida eksport qilingan bo‘lsa, bugun yiliga 100 ming tonna mis o‘zimizda qayta ishlanib, yuqori qiymatli mahsulot yaratilmoqda, qisqa muddatda zargarlik sanoatida ishlab chiqarish 3,3 karra o‘sib, 13 trillion so‘mdan oshgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq mustaqillikning dastlabki yigirma besh yilida oltin qazib olish hajmi 63 tonnadan 87 tonnaga yoki 24 tonnaga oshgan bo‘lsa, so‘nggi to‘qqiz yilda bu yana 31 tonnaga ko‘payib, o‘tgan yili 118,4 tonnaga yetkazilgani haqida xabar berilgandi.