O‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat turlari belgilandi

Jamiyat

image

Avvalroq, "Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" Prezident qarori qabul qilingani haqida xabar berilgan edi. Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 iyuldan:

– o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxati kengaytiriladi;

– o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni ro‘yxatga olish xabar berish tartibida ro‘yxatdan o‘tganlikni tasdiqlovchi matritsali shtrix kod (QR-kod) bergan holda maxsus mobil ilova yoxud soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi hamda vaqtinchalik mehnat guvohnomalarini berish tartibi bekor qilinadi;

– o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 2020 yil uchun ijtimoiy soliqni o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida haqiqatda ishlagan vaqtidan qat’iy nazar, BHMning kamida 50 foizi hajmida to‘laydi hamda ushbu summa to‘liqligicha byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga yo‘naltiriladi va undan kelib chiqqan holda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun o‘rnatilgan tartibda pensiya hisoblash uchun daromad hajmi aniqlanadi;

– o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar yollanma ishchilarni jalb qila olmasligi hamda ish beruvchiga ega bo‘la olmasligi to‘g‘risidagi talab saqlanib qoladi.

Ma’lumot uchun, Soliq kodeksiga muvofiq o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida olingan daromadlari jismoniy shaxslar jami daromadlari tarkibiga kiritilmaydi.

Shuningdek, quyidagi kasb egalari o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 may kuni O‘zbekiston Prezidenti rahbarligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda o‘zini band qiluvchi 60 dan ortiq kasb egalari soliqdan ozod qilinishi haqida aytib o‘tilgan edi. E’tiborli tomoni, bu kasblar qatorida taksichilik ham sanab o‘tilgan. Lekin, yuqoridagi ro‘yxatga  ushbu kasb egalari kiritilmagan.

 

Maqola muallifi

Teglar

Qaror o'zini o'zi band qilgan shaxslar Biznes

Baholaganlar

558

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing