Andijonda “Mini texnologiyalar yarmarkasi” o‘tkazildi
Biznes
−
11 Sentyabr 3652 1 daqiqa
"Biznesni rivojlantirish banki" ATB Xo‘jaobod tumanida Kichik biznesga ko‘maklashish markazi va tuman hokimligi hamkorligida "Mini texnologiyalar yarmarkasi" tashkil etildi.

Maqsad: Ishsiz va kam daromadli fuqarolarga o‘z biznesini boshlash va daromad manbasini yaratish uchun amaliy imkoniyat berish.
Yarmarka raqamlarda va imkoniyatlarda:
100 dan ortiq texnologiya: 10 dan ziyod yetkazib beruvchilar tomonidan uy sharoitida va kichik ishlab chiqarish ob’ektlarini yo‘lga qo‘yishga mo‘ljallangan uskunalar namoyish etildi.
_png%20%E2%80%94%20%D0%BA%D0%BE%D0%BF%D0%B8%D1%8F.jpg)
500 nafardan ortiq ishtirokchi: Fuqarolar mahalla bankirlari va hokim yordamchilaridan manzilli maslahatlar olishdi.
(60).png.jpg)
Amaliy natija: Yarmarkanining o‘zida 14 nafar fuqaro tanlagan uskunasi bo‘yicha dastlabki shartnomalarni rasmiylashtirdi.
Tadbirlar doirasida kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha fuqarolarni daromadli faoliyatga yo‘naltirish ishlari davom etmoqda.
.jpg)
Live
BarchasiTo‘qayev Putinni atoqli davlat arbobi deb atadi
29 Sentyabr