Qilichdoro‘g‘liga berilgan ovozlar soni ko‘paya boshladi
Olam
−
14 may 2023 17217 1 daqiqa
Turkiyadagi saylovning navbatdagi natijalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Qilichdoro‘g‘lini yoqlab ovoz berganlar soni biroz ortib, Erdo‘g‘an tarafdorlari dastlabki natijalardan kamaya boshladi.
"TRT Haber" ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgacha qutilar ochilib, barcha ovozlarning 41,79 foizi hisoblangan.
Unda Erdo‘g‘an 52,70%, Qilichdoro‘g‘li 41,39%, Sinan O‘g‘an 5,36% foiz ovoz to‘plagan.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyadagi ushbu saylovda saylovchilarning 93,6 foizi ishtirok etgan.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust