Erdo‘g‘an Qilichdoro‘g‘lini 110 yilga qamatishi mumkin
Olam
−
23 iyun 2023
11176Turkiya muxolifati yetakchisi va may oyidagi saylovlarda amaldagi Prezidentning sobiq raqibi Kamol Qilichdoro‘g‘li 110 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Bu haqda kecha, 22 iyun kuni “Internet Haber” sayti xabar berdi.
Aytilishicha, Qilichdoro‘g‘liga qarshi 28 ta da’vo qo‘zg‘atilgan. Avvalroq bir qator da’volar bo‘yicha tergov deputatlik daxlsizligi tufayli to‘xtatilgan edi, biroq may oyidagi saylov natijalariga ko‘ra, Qilichdoro‘g‘li parlamentga kirmay, daxlsizligidan mahrum bo‘lgan.
Qilichdoro‘g‘liga qarshi da’volarning aksariyati Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an tomonidan qo‘zg‘atilgan. U sobiq raqibini yolg‘onchilikda ayblagan. Har bir da’vo uchun muxolifatchi 4 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, prezidentlik poygasi paytida Qilichdoro‘g‘li Erdo‘g‘anni saylovoldi chiqishlaridagi video uchun sudga bergandi. Uning advokati Jalol Chelik Qilichdoro‘g‘liga yetkazilgan ma’naviy zararni 1 million turk lirasi (50,2 ming dollar)ga baholagandi.
LiveBarchasi