Istanbulda saylovlardagi noto‘g‘ri ma’lumotlar tekshirilmoqda

Olam

image

Istanbul prokuraturasi Turkiyada bugun, 28 may kuni bo‘lib o‘tayotgan prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi haqida yolg‘on ma’lumot tarqatish bo‘yicha tergov doirasida besh nafar gumonlanuvchini hibsga olishga order berdi. Bu haqda TRT telekanali xabar qildi.

“Istanbul Respublika prokuraturasi jamoatchilikni chalg‘itish va jamoat tartibini buzish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichiga oid provokatsion ma’lumotlar tarqatilgani yuzasidan rasmiy tergov boshladi. Bugungi kunga qadar ushbu ish bo‘yicha tergov harakatlari doirasida besh nafar gumonlanuvchini hibsga olish to‘g‘risida qaror qabul qilindi”, deyilgan prokuratura bayonotida.

Istanbul politsiyasining ma’lum qilishicha, umuman olganda, ovoz berish jarayoni muammosiz va jiddiy hodisalarsiz o‘tmoqda. Mahalliy ommaviy axborot vositalarida ayrim saylov uchastkalarida saylovchilar o‘rtasida o‘zaro to‘qnashuvlar bo‘layotgani haqida xabarlar bor, biroq ular keng tarqalmagan.

Ovoz berish jarayoni soat 17:00 da (Toshkent vaqti bilan 19:00 da) yakunlanadi. Saylovning dastlabki natijalari bir necha soat ichida ma’lum bo‘lishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bugun mahalliy vaqt bilan soat 08:00 da Turkiyadagi saylov uchastkalari ochilgandi. Mamlakat bo‘ylab 191 mingdan ortiq saylov qutilari o‘rnatilgan. Saylovchilar soni 60 million kishidan oshadi. Hozirgacha prezidentik uchun kurashayotgan ikki nomzod ham – Turkiyaning amaldagi rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘an va uning raqibi Kamol Qilichdoro‘g‘li saylov uchastkasida ovoz berib ulgurdi. Erdo‘g‘an Istanbulda, Qilichdoro‘g‘li esa Anqarada ovoz berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul Turkiya Erdo'g'an prezidentlik saylovi Qilichdoro'g'li

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing