Qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik Jalolobodda ushlandi
3-sahifa
−
17 may
7028Qirg‘iziston huquq-tartibot idoralari xodimlari chegarani noqonuniy kesib o‘tib, mamlakatga kirib kelgan 42 yoshli O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi. Bu haqda Jalolobod viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Jalolobod viloyati ichki ishlar boshqarmasi tezkor xodimlariga shaharda chegarani noqonuniy kesib o‘tgan qo‘shni davlat fuqarosi borligi haqida xabar kelib tushgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari qidiruvni boshlagan.
“Jalolobod shahrida og‘ir jinoyat sodir etgani uchun o‘z mamlakatida 2023 yilda qidiruvga berilgan O‘zbekiston fuqarosi 42 yoshli U.A. qo‘lga olindi”, deyiladi xabarda.
Mazkur holat Qirg‘iziston Respublikasi Jinoyat kodeksining “Davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish” moddasi bilan qayd etilgan. Qo‘lga olingan shaxs vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan. Hozirda tergov davom etmoqda.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr