Qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik Rossiyada qo‘lga olindi
3-sahifa
−
30 dekabr 2024 10695 1 daqiqa
Firibgarlik jinoyatini sodir etgani uchun qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida ushlandi. Bu haqda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu shaxs 1982 yilda tug‘ilgan O.E. bo‘lib, Buxoro viloyatining Shofirkon tumani Alisher Navoiy mahallasida ro‘yxatdan o‘tgan. U Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etib, tergovdan yashiringani uchun Buxoro shahar IIO FMB tomonidan qidiruv e’lon qilingan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbiri davomida uning Sankt-Peterburg shahrida yashiringan manzili aniqlanib ushlangan va O‘zbekistonga ekstraditsiya qilinishi ta’minlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyada huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda to‘rt yildan beri qidiruvda bo‘lgan 26 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingandi. U o‘g‘rilik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tomonidan 2020 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025