Qibraydagi yangi bog‘ hududi Toshkent tarkibiga o‘tkaziladi

Jamiyat

image
Prezident Qibraydagi yangi bog‘ga ko‘chat o‘tqazdi north_east

Prezident Qibraydagi yangi bog‘ga ko‘chat o‘tqazdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1 may kuni Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi yangi istirohat bog‘i qurilayotgan joyga tashrif buyurdi va ilk ko‘chatlarni ekishda ishtirok etdi. Davlat rahbari o‘z nutqida yangi bog‘ joylashgan yerlar Toshkentga o‘tkazilishini aytdi.

“Ushbu bog‘ Toshkent viloyati hududida joylashgan. Biz ushbu yerlarni Toshkent shahriga o‘tkazamiz. Agar parlament buni ma’qullasa, bog‘ Toshkent tarkibiga kiradi. Baribir Toshkent katta bo‘lishi kerak. Aholimizda uy-joyga, ijtimoiy sohalarga talab yuqori bo‘lyapti”, dedi Prezident.

Prezidentning ta’kidlashicha, uch-to‘rt yil ichida Toshkentda qurilish sohasida juda ko‘p ishlar amalga oshirildi, yangi binolar va inshootlar qad rostladi.

“Endi buni to‘xtatib, (qurilish ishlarini) shahardan tashqariga chiqaramiz”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Fevral oyida “Toshkent-Sharqiy” aerodromi yaqinida yangi istirohat bog‘i va Olimpiya shaharchasi qurilishi haqida xabar berilgandi. Bu yerda mamlakat mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan “Istiqlol” majmuasi ham bunyod etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev ushbu bog‘ "O‘zbekistonning yangi qiyofasini, uning ulkan salohiyatini, ko‘p millatli xalqining birligi va hamjihatligini aks ettiruvchi" majmua bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Shularni inobatga olgan holda u bog‘ga "Yangi O‘zbekiston" nomini berishni taklif qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Qibray bog'

Baholaganlar

163

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing