Qibraydagi xonadonda gaz portladi. Uy egasi va uning o‘g‘li halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Kecha, 21 noyabr Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi xonadonda gaz portladi. Natijada ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Soat 19:16 larda Qibray tumani, Guliston-3 ko‘chasi, 15-uyda gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan. Chaqnash oqibatida uyning bir qismi qulab tushgan, qolgan qismining devorlari va shifti hosil bo‘lgan kinetik zarba natijasida, deformatsiyaga uchragan.

FVV tomonidan olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari vaqtida uy vayronalari ostidan soat 19:45 da uy egasi X.N. og‘ir ahvolda olib chiqilib, Toshkent shahar 7-sonli klinik shifoxonasiga yotqazilgan. Olib borilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan, bemor soat 20:45 da vafot etgan.

Shuningdek, olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari davomida soat 23:06da uy egasining o‘g‘li A.A.ning jasadi topilgan.

Portlashga xonadon yonidan o‘tgan yer osti gaz quvuridan tabiiy gaz sizib chiqib, xonadonning yerto‘la qismiga to‘planishi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Voqea joyiga viloyat hokimligi, FVB, IIB, SSB, Prokuratura va boshqa tegishli idoralarning kuch va vositalari jalb etilib, avariya tiklash va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

portlash

Baholaganlar

431

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing