Qibrayda ariqda oqib ketayotgan 2 yoshli qizcha qutqarib qolindi (video)
Jamiyat
−
25 iyun 2023 14262 1 daqiqa
Toshkent viloyatining Qibray tumanida 18 yoshli yigit ariqda oqib ketayotgan qizchani qutqarib qoldi. Bu haqda Qibray tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Aytilishicha, voqea joriy yilning 18 iyun kuni soat 19:05 atrofida Qibray tumanidagi “Xo‘jaqo‘rg‘on” mahallasida sodir bo‘lgan. Mahalladan oqib o‘tuvchi Oqtepa kanaliga qo‘shiluvchi ariqda 2 yoshli qiz oqib ketayotganida uni 18 yoshli Yusufbek Tojiboyev qutqarib qolgan.
Qizning otasining so‘zlariga ko‘ra, M.A. shifoxonaga olib borilgan va ikki soatlik shifokor ko‘rigidan o‘tkazilgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi.
Qizchani qutqargan Yusufbek Tojiboyevga tuman FVB xodimlari tomonidan tashakkurnoma va sovg‘a topshirilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025