Qibrayda 9 gektar yerdagi pishgan qulupnay dalasi buldozerda payhon qilindi (video)
Jamiyat
−
20 may 2021
23523Ijtimoiy tarmoqlarda Qibray tumanidagi dehqonlarning 9 gektarlik yerda pishgan qulupnayni buldozer bilan buzishlariga qarshilik qilishi aks etgan video keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot kotibi Bobur To‘laganov holat bo‘yicha izoh berdi.
“Yerdagi hosilni terib olish, o‘rib tashlash yoki buzdirish ishlariga ichki ishlar xodimlari aloqador emas”, deyiladi izohda.
To‘laganovning qo‘shimcha qilishicha, jarayonda ishtirok etgan IIO xodimlari o‘zining xizmat burchini bajarishgan.
Qibray tumani hokimligi Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, holat yuzasidan o‘rganish ishlari boshlangan. Natijalari bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi.
LiveBarchasi