O‘zbekistonlik xonanda muxolifatga atab qo‘shiq kuyladi
Madaniyat-san’at
−
20 may 2021
36073O‘zbekistonlik xonandalardan biri muxolifat haqida tanqidiy qo‘shiq kuyladi. Ayni vaqtda ushbu qo‘shiq va unga tayyorlangan klip ijtimoiy tarmoqlarda muhokama maydonining asosiy mavzusiga aylandi.
Qo‘shiq va klipni xonanda Shohujahon Bozorov o‘zining Instagram sahifasiga joylashtirgan. Qo‘shiqda shunday so‘zlar bor:
Haddan oshma, muxolifat har gapingda fitna bor.
Quruq gapga qorin to‘ymas, kelib xalqdan xabar ol.
Saylov oldi uyg‘onasan, maqsad taxtni egallash.
Kim kimligin bilamiz-ku ko‘zni qisib, damni ol.
Qodiriy-yu Avloniylar o‘zga yurtga qochmagan.
Jondan kechsa, kechdilar, lek Vatandan kechmagan.
Quloqlarga lag‘mon osib, sodda xalqni aldama.
Chet el zo‘r deb maqtayverib, asabimni o‘ynama.
Tan olaylik, yurtboshimiz o‘zgarishlar qilmoqda,
Afsus, ba’zi kalamushlar millat haqin yemoqda.
Yemoqlikning qusmog‘ini ko‘r emasmiz, ko‘ryapmiz,
Ahmoq demang yosh avlodni, tilimizni tiyyapmiz.
Tinchlik bo‘lsa kamchiliklar harakat bor yo‘q bo‘lar,
O‘zim bo‘lay deb besh qo‘lni tiqmasak gar zo‘r bo‘lar.
Vatanparvar adolatli mard o‘g‘lonlar bor bo‘ling,
Bayrog‘imiz qiymatin bilmaganlar ko‘r bo‘lar.
Qo‘shiqqa ishlangan havaskorona klipda xorijdagi muxolifat vakillari tasvirlangan. Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyevning hududlarga tashrifi davomida aholi bilan muloqot qilayotgani aks etgan lavhalarni ham ko‘rish mumkin. Klipning 1:02 daqiqasida, “Afsus, ba’zi kalamushlar millat haqin yemoqda”, deyilgan qismida Jizzax viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Akrom Rahmonqulovning surati ko‘rsatilgan. Prokuratura o‘tkazgan tergovda Rahmonqulovga tegishli korxonalarda 12 mlrd so‘m, Jizzax shahridagi “Eski shahar” buyum bozorida qurilgan 172 ta savdo do‘koni, ko‘p qavatli uylarda 14 ta xonadon, 43 ta avtomashina, 37 ta boshqa ko‘chmas mulklar borligi aniqlandi.
LiveBarchasi