Qibray aholisi vaqtincha gazsiz qoladi

Jamiyat

image

Toshkent viloyatining Qibray tumanida ta’mirlash ishlari tufayli gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Toshkent” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Qibray tumani, “Alisherobod” MFY, Bog‘ishamol ko‘chasiga tortilgan yerusti o‘rta bosimli gaz quvurida gaz sizib chiqish holati aniqlangani sababli, bugun, 14 fevral soat 09:00 dan 17:00 gacha yuqorida ko‘rsatilgan manzildagi 320 ta aholi xonadoni va 7 ta ulgurji iste’molchida tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi. Gaz ta’minoti filiali ta’mirlash ishlari tufayli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste’molchilaridan uzr so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

gaz

Baholaganlar

138

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing