“Qayting va bizga tinchlik keltiring, janob Prezident!” Orban Trampni alqab chiqdi
Olam
−
09 mart
11984Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Floridada AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi. Bu haqda Orban o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
Orbanning urg‘ulashicha, Tramp Ukraina va Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatishi mumkin bo‘lgan shaxs, chunki uning boshqaruvi davrida bu hududlarda hech qanday mojaro bo‘lmagan.
"Bugun prezident Trampni ziyorat qilish juda yoqimli bo‘ldi. Bizga dunyoda hurmatga sazovor bo‘lgan va tinchlik olib kela oladigan rahbarlar kerak. U ulardan biri! Qaytib keling va bizga tinchlik keltiring, janob Prezident!" deb yozgan Bosh vazir.
AQSHning sobiq prezidenti esa o‘z navbatida, Orbanni “fantastik yetakchi” deb atagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban kecha, 8 mart kuni Floridadagi Mar-a-Lago mulkida amaldagi davlat rahbari Jo Bayden qolib, AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp bilan uchrashgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi