Qaysi viloyatda eng ko‘p egizak dunyoga keldi?
Bu qiziq
−
15 fevral
7540O‘zbekistonda 2023 yilda 962 ming nafar tirik tug‘ilish qayd etildi. Shundan 21 ming nafardan ortiq egizak chaqaloqlar dunyoga keldi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, eng ko‘p egiz tug‘ilish ko‘rsatgichi Farg‘ona viloyatiga to‘g‘ri kelgan. Eng kam tug‘ilish esa Sirdaryo viloyatida bo‘lgan.
Hududlar kesimida egiz tug‘ilganlar soni:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 996 nafar;
- Andijon viloyati – 1 947 nafar;
- Buxoro viloyati – 1 059 nafar;
- Jizzax viloyati – 937 nafar;
- Qashqadaryo viloyati – 2 171 nafar;
- Navoiy viloyati – 583 nafar;
- Namangan viloyati – 1 784 nafar;
- Samarqand viloyati – 2 313 nafar;
- Surxondaryo viloyati – 1 679 nafar;
- Sirdaryo viloyati – 511 nafar;
- Toshkent viloyati – 1 570 nafar;
- Farg‘ona viloyati – 2 494 nafar;
- Xorazm viloyati – 1 129 nafar;
- Toshkent shahri – 1 839 nafar.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda eng ko‘p egizaklar tug‘ilishi Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari hamda Toshkent shahrida qayd etilgandi.
Javohir Yo‘ldashov