Eng ko‘p egizaklar qaysi viloyatda tug‘ilgan?
Bu qiziq
−
26 avgust 2023
15156Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston hududida 434 519 ta tug‘ilish qayd etilgan. Shundan 9 810 nafarini egizaklarni tashkil etadi.
O‘tgan iyul oyida esa ushbu son 1840 taga ortib, jami 11 650 ta egizak chaqaloqlar FHDYO organlari tomonidan qayd etilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, eng ko‘p egizak tug‘ilish holati Samarqand viloyatida (1 318 ta) ro‘yxatga olingan. 2-o‘rinni esa 1 342 nafar egizak bilan Farg‘ona viloyati band qilgan. Uchlikni 1 166 ta chaqaloq bilan Qashqadaryo viloyati yakunlagan.
Shuningdek, qolgan viloyatlarda tug‘ilgan egizaklar soni quyidagicha:
• Toshkent shahri – 1 098 ta;
• Andijon viloyati – 1 090 ta;
• Namangan viloyati – 930 ta;
• Surxondaryo viloyati – 922 ta;
• Toshkent viloyati – 911 ta;
• Xorazm viloyati – 617 ta;
• Qoraqalpog‘iston R. – 543 ta;
• Jizzax viloyati – 542 ta;
• Buxoro viloyati – 525 ta;
• Navoiy viloyati – 342 ta;
• Sirdaryo viloyati – 304 ta.
Eslatib o‘tamiz, Pandemiyadan so‘ng xalqaro miqyosda egizaklarning tug‘ilishi ortgan.