O‘zbekistonda egizaklar tug‘ilishi ko‘paydi. Qaysi hudud yetakchi?
Jamiyat
−
10 Oktabr 2022
11396O‘zbekistonda joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida jami 14 803 ta egizak chaqaloq tug‘ilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1011 taga ko‘p.Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qo‘mitaga ko‘ra, eng ko‘p egizaklar Samarqand, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahrida tug‘ilyapti.
Hududlar kesimida tug‘ilgan egizak chaqaloqlar soni:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 714 ta;
Andijon viloyati – 1328 ta;
Buxoro viloyati – 758 ta;
Jizzax viloyati – 656 ta;
Qashqadaryo – 1532 ta;
Navoiy viloyati – 492 ta;
Namangan viloyati – 1345 ta;
Samarqand viloyati – 1716 ta;
Surxondaryo viloyati – 1259 ta;
Sirdaryo viloyati – 388 ta;
Toshkent viloyati – 1190 ta;
Farg‘ona viloyati – 1338 ta;
Xorazm viloyati – 711 ta;
Toshkent shahri – 1376 ta.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida 681 760 ta tirik tug‘ilish holatlari qayd etilgan.
LiveBarchasi