Qaysi tumanda ko‘proq o‘g‘il bola tug‘ilayotgani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
06 Oktabr 2021
419452020 yilda O‘zbekistonda eng ko‘p o‘g‘il bola Do‘stlik tumanida tug‘ilgan. Eng ko‘p qiz bola esa Shirin shahrida dunyoga kelgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2020 yilda Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida jami tug‘ilganlarning 56,2 foizini o‘g‘il bolalar tashkil etgan. Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida jami tug‘ilganlarning 51,8 foizini qiz bolalar tashkil etgan.
Bu respublika tuman va shaharlari orasida eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi 35 mln 87 kishiga yetgan. Umumiy aholining 17 570049 nafarini erkaklar, 17 430049 nafarini esa ayollar tashkil etmoqda.
LiveBarchasi