Qaysi tibbiy yordam turlari davlat byudjetidan qoplanadi?

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan to‘lanadigan tuman (shahar) darajasidagi ambulator va statsionar sharoitlarda ko‘rsatiladigan kafolatlangan tibbiy yordam ro‘yxati tasdiqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan, tuman (shahar) darajasida ambulator va statsionar sharoitda ko‘rsatiladigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari ro‘yxatini tasdiqlash haqida”gi buyrug‘ida so‘z boradi.

Ro‘yxatda oilaviy tibbiyot markazlari, oilaviy poliklinikalar, ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalar, tuman (shahar) markaziy shifoxonalari va tug‘uruqxonalarda ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat turlari va ularning tavsifi ko‘rsatib o‘tilgan.

Ushbu hujjatga muvofiq, tashxis qo‘yish uchun zarur bo‘lgan tekshiruvlar, palliativ tibbiy yordam, mehnatga vaqtincha layoqatsizlikni ekspertiza qilish, o‘limni qayd qilishni rasmiylashtirish kabi tibbiy yordamlar davlat tomonidan kafolatlanadi. 

Shuningdek, hujjatda tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlariga kiritilgan tashxislar ro‘yxati ham keltirilgan. 

Bundan tashqari, tibbiyot muassasalarining formulalariga kiritilgan dori vositalari va tibbiyot buyumlarining alohida ro‘yxati tuzildi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu hujjat joriy yilning 17 oktyabridan kuchga kirgan.

Avvalroq, o‘z xohishi bilan navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashib, malaka toifasini oshirgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga oshirilgan malaka toifasi bo‘yicha haq to‘lanishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Sog'liqni saqlash vazirligi tibbiy yordam

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing