Qaysi mamlakatda pul yuvish ustidan qat’iy nazorat o‘rnatilmagan?
Olam
−
23 mart 2023 10439 1 daqiqa
Yevropa Komissiyasi pul yuvish ustidan yetarlicha qat’iy nazorat o‘rnatilmagan davlatlar ro‘yxatini yangiladi. Bu haqda Yevrokomissiyaning saytida chop etilgan press-relizda ma’lum qilindi.
“Gibraltar, Kongo Demokratik Respublikasi, Mozambik, Birlashgan Arab Amirliklari va Tanzaniya 16 mart kuni yuqori xavfli yurisdiksiyalar ro‘yxatiga kiritildi. Bu davlatlar jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi yetarlicha kurashmayapti va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashda jiddiy kamchiliklarga ega”, deyiladi Yevropa Komissiyasi bayonotida.
Shuningdek, Afg‘oniston, Barbados, Burkina-Faso, Vanutatu, Yaman, Kayman orollari, Kambodja, Shimoliy Koreya, Gaiti, Eron, Iordaniya, Mali, Marokash, Myanma, Panama, Senegal, Suriya, Trinidad va Tobago, Uganda, Filippin, Janubiy Sudan va Yamaykada ham pul yuvish ustidan yetarlicha nazorat o‘rnatilmagani qayd etilgan.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr