Qaysi davlatlar o‘rtasida yadro urushi kelib chiqish ehtimoli yuqori?

Olam

image

Yadro quroliga ega qaysi davlatlar o‘rtasida urush kelib chiqishi mumkin? Qirg‘inbarot quroldan, eng avvalo, qaysi davlat foydalanadi? AQSH yoki Rossiya bir-biriga nisbatan yadro quroli qo‘llaydimi? Shu kabi savollarga “Atomshunos olimlar byulleteni” Ilmiy va xavfsizlik kengashi vakili javob berdi.

Ushbu kengash vakili Robert Latiffning ma’lum qilishicha, yadroviy urush AQSH va Rossiya o‘rtasida bo‘lishidan ko‘ra, Pokiston va Hindiston o‘rtasida ro‘y berishi ehtimoli yuqori. 

Uning fikriga ko‘ra, xalqaro maydonda yadro quroliga ega ishtirokchilar sonining oshayotgani bu kabi tahdidlarni vujudga keltirmoqda. Eksport Rossiya yoki Xitoyning AQSHga hujum qilish ehtimolini rad etdi. 

Olimning ta’kidlashicha, yadro quroliga ega bo‘lgan barcha mamlakatlarda ushbu qurollarni nazorat qiluvchi sifatli tizimlar mavjud.

Professor Sheron Skvassoni ham ushbu masalada o‘z fikrlarini bildirib o‘tar ekan Rossiya va AQSH yadro quroli masalasida aloqalarini yaxshilashi zarur deb hisoblaydi.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

yadro urushi AQSh yoki Rossiya

Baholaganlar

193

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing