Turkiya yadro urushida nishonga olinishi mumkin

Olam

image

Pentagon tomonidan yadro bombalarining modernizatsiya qilinishi ehtimoliy urushda Turkiyani nishonga aylantiradi, chunki bunday 50 ta qurol Turkiya janubidagi Injirlik aviabazasiga joylashtirilgan. Bu haqda “Aydınlık” xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, AQSH o‘zining B61 turidagi yadro bombalarini B61-12 versiyasiga yangilagan. Modernizatsiya qilingan bombalarga “dum rotori” o‘rnatilib, ularning “halokatli ta’siri”ni oshirgan. 2026 yilda esa AQSH B61-13 ishlab chiqarishni boshlashni rejalashtirmoqda. Ushbu bomba Xirosimada ishlatilgan bombadan 24 baravar kuchliroq bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, nashr AQSH va NATOning Yevropadagi qo‘mondonligi boshlig‘i general Tod Uoltersning yadro qurolini oldinroq ishlatish bo‘yicha “moslashuvchan javob” strategiyasini ilgari surgan so‘zlariga e’tibor qaratgan.

“Bildirilgan bayonotlar va yadro qurollarining kuchaytirilishi Turkiyani yadro urushi nishoniga aylantiradi”, deyiladi maqolada.

AQSHning Milliy yadro xavfsizligi agentligi 2023 yil dekabr oxirida B61-13 yadro bombalarining modifikatsiyalangan versiyasidan birinchi partiyani ishlab chiqarganini ma’lum qilgan. Ushbu bombaning quvvati 360 kilotonna trotil ekvivalentiga teng ekani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish yadro qurolidan foydalanish tahdidi haqida ogohlantirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya yadro urushi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing