Qaysi davlatlar pandemiyadan birinchi qutulishi bashorat qilindi

Olam

image

AQSH, Buyuk Britaniya, Portugaliya va Hindiston kelasi yilda pandemiyadan chiqishi mumkin. “Reuters” agentligi taniqli epidemiologlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomaga asoslanib, shunday prognozni e’lon qildi.

Olimlarning fikriga ko‘ra, qayd etilgan mamlakatlar koronavirusga qarshi emlanish va kasallikka chalinganlarda hosil bo‘lgan tabiiy immunitetning o‘ziga xos kombinatsiyasiga ega bo‘ladi. Bu davlatlarda COVID yana bir mavsumiy kasallikka aylanishi mumkin.

“Bugundan 2022 yil oxirigacha, biz ushbu virus ustidan nazoratni qo‘lga kiritishga, kasallikning og‘ir shakliga chalinish kamayishiga va o‘lim sezilarli darajada qisqarishiga erishishga ishonamiz”, degan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh epidemiologi Mariya Van Kerkxov.

Shu bilan birga, mutaxassislar COVID-19 koronavirusi uzoq yillar davomida dunyo aholisi o‘limining asosiy sabablaridan biri bo‘lib qolishi haqida ogohlantirmoqda. Olimlarning bir qismi u qizamiq kabi harakat qiladi: emlash darajasi past bo‘lgan davlatlarda epidemiyalarni keltirib chiqaradi, degan fikrda. Boshqasiga ko‘ra, COVID-19 ko‘proq grippga o‘xshaydi.

“Hech kim, ba’zilar aytganidek, “qiyomat ssenariysi”ni butunlay inkor etmadi, bunda virus qiyinchilik bilan qo‘lga kiritilgan immunitetga yon berish darajasigacha mutatsiyaga uchraydi”, degan mutaxassislar eng yomon ssenariy haqida.


Maqola muallifi

Teglar

pandemiya

Baholaganlar

542

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing