“Qayrat”-“Real” o‘yiniga chiptalar tugadi
Sport
−
24 Sentabr 3939 2 daqiqa
UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining 2-turi doirasida Qozog‘istonning “Qayrat” klubi o‘z maydonida “Real Madrid”ni qabul qiladi. Ma’lum bo‘lishicha, bo‘lajak uchrashuv uchun barcha chiptalar allaqachon sotib bo‘lingan. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
“Stadion eshiklari o‘yin boshlanishidan uch soat oldin, maxalliy vaqt bilan 18:45 da ochiladi. Navbatlarda ko‘p vaqt yo‘qotmaslik va xavfsizlik tekshiruvlaridan bemalol o‘tish uchun ertaroq kelish tavsiya etiladi. Kirish uchun uchta yo‘nalish mavjud: Abay prospekti, Satpayev ko‘chasi va Baytursinov ko‘chasi”, deyiladi rasmiy xabarda.
Bildirilishicha, maxsus platforma orqali olingan chiptalar o‘yin kuni elektron pochtaga yuboriladi, shuningdek, yana bir mobil ilova o‘yin oldidan haqiqiy QR-kodni ko‘rsatib beradi.
Ma’lumot uchun, “Qayrat”-“Real Madrid” uchrashuviga chiptalar narxi 30 000 tengedan (taxminan 690 ming so‘m) 250 ming tengegacha etib belgilangan edi (taxminan 5 mln 730 ming so‘m). Shuningdek bir kishiga 2 tadan ortiq chipta sotilmasligi va chipta xarid qilishda pasport ma’lumotlari tekshirilishi ham belgilangan. “Qayrat”ning “Real Madrid”ga qarshi o‘yini joriy yilning 30 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bahs Olmaota shahridagi “Markaziy” stadionida o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Qayrat” jamoasi Yevropa Chempionlar ligasi saralash bosqichining hal qiluvchi bahsida Shotlandiyaning “Seltik” klubini mag‘lub etib, o‘z tarixida ilk bor turnirning guruh bosqichiga yo‘llanma qo‘lga kiritgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi