“Qayrat” ilk bor YeCHL guruh bosqichiga chiqdi

Sport

image

Kecha, 26 avgust kuni Qozog‘istonning “Qayrat” jamoasi Yevropa Chempionlar ligasi saralash bosqichining hal qiluvchi bahsida Shotlandiyaning “Seltik” klubini mag‘lub etib, turnirning guruh bosqichiga yo‘llanma qo‘lga kiritdi. G‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi.

Olmaota klubi ushbu bosqichgacha yetib kelish jarayonida Sloveniyaning “Olimpiya”, Finlyandiyaning KuPS, Slovakiyaning “Slovan” va Shotlandiyaning “Seltik” jamoalarini mag‘lub etdi. Guruh bosqichiga chiqish orqali “Qayrat” jamoasi 18,6 million yevro daromad oladi. Bundan tashqari, YeCHL guruh bosqichidagi har bir g‘alaba uchun 2,1 million yevro, durang uchun esa 700 ming yevro ishlab olishi mumkin. 

Qozog‘iston chempioni guruh bahsi uchrashuvlarini Olmaotadagi “Markaziy” stadionda o‘tkazadi. Ushbu bosqichda har bir jamoa uyida to‘rtta uchrashuv o‘tkazadi va jami sakkiz turdan iborat bahslar bo‘lib o‘tadi.  “Qayrat” jamoasi qur’a tashlash marosimida to‘rtinchi savatchaga joylashtiriladi. Shu boisdan birinchi savatchadagi eng yuqori reytingga ega jamoalardan – PSJ, “Real Madrid”, “Manchester Siti”, “Bavariya”, “Liverpul”, “Inter”, “Chelsi”, “Borussiya Dortmund” yoki “Barselona” kabi grantlardan ikkitasi Qozog‘iston klubiga raqib bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi joriy yilning 28 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

YeCHL “Qayrat”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing