“Qaynona” filmining muallifi vafot etdi
Madaniyat-san’at
−
06 yanvar 8200 1 daqiqa
Nafaqat o‘zbek, balki sobiq sovet xalqlari orasida sevib tomosha qilingan “Qaynona” – Ozarbayjon filmining muallifi va aktrisasi Margarita Maleyeva vafot etdi. Bu haqda aktyor Javonshir Hodiyev ijtimoiy tarmoqlarda xabar qildi.
1937 yilda tug‘ilgan Margarita Maleyeva Ozarbayjon SSR xalq artisti, kinorejissyor va ssenariy muallifi, marhum aktyor Ajdar Ibrohimovning rafiqasi bo‘lgan. Marhuma, ayniqsa, “Qaynona” filmining ssenariy muallifi sifatida tanilgan va film ssenariysini Ajdar Ibrohimov bilan hamkorlikda yozgan.

Shuningdek, Margarita Maleyeva “G‘alati odam”, “Xavotirli odam” kabi qator filmlar orqali Ozarbayjon kino san’ati rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq fransiyalik aktrisa, qo‘shiqchi va jamoat faoli Brijit Bardo 92 yoshida vafot etgan edi.