Qatorasiga ikkinchi kun koronavirusdan sog‘ayganlar 1,5 mingdan oshdi
Jamiyat
−
13 avgust 2020 14058 1 daqiqa
Bugun, 13 avgust kuni O‘zbekistonda 669 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, barchasi tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyati 1 nafar, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Kun davomida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Farg‘ona, Xorazm va Toshkent viloyatlarida jami 1 554 nafar bemor sog‘aydi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 33 323 nafar bemordan 27 213 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 82 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 5 894 nafar bemordan 1 340 nafari og‘ir, 400 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025