Qator davlatlar Rossiyadagi ehtimoliy teraktlardan ogohlantirmoqda

Olam

image

Latviya, Janubiy Koreya, Shvetsiya, Kanada, Germaniya va Chexiya yaqin 48 soat ichida Rossiya Federatsiyasida terrorchilik hujumlari xavfi haqida AQSH ogohlantirishiga qo‘shildi. Bu haqda mamlakatlarning Tashqi ishlar vazirliklari ma’lum qildi. 

Latviya Tashqi ishlar vazirligi AQSH elchixonasi ma’lumotlariga tayanib, fuqarolarini ehtiyot bo‘lishga va 48 soat davomida Moskvada ommaviy yig‘ilishlardan saqlanishga chaqirdi. 

Shuningdek, vazirlik Latviya fuqarolarini xalqaro xavfsizlik sohasidagi keskin vaziyat tufayli Rossiya Federatsiyasi hududini tark etishga chaqirgan.

Kanada hukumati ham o‘z fuqarolariga Rossiyaga sayohat qilishdan tiyilishni tavsiya qilgan va AQSHning Moskvadagi elchixonasi bayonotiga tayanib, terrorchilik hujumi xavfidan ogohlantirgan.

Shunga o‘xshash xabar Janubiy Koreyaning Rossiyadagi elchixonasi tomonidan ham e’lon qilindi. Elchixona teraktlar xavfidan ogohlantirgan va shuningdek, 8 martga bag‘ishlangan tadbirlar munosabati bilan odamlar gavjum joylarda halokatlar ehtimoli yuqoriligini ta’kidlagan.

Shvetsiya elchixonalari va konsulliklarining veb-saytida ham ogohlantirish paydo bo‘ldi. Unga ko‘ra, mamlakat fuqarolariga mintaqadagi xavfsizlik vaziyatining yomonlashishi sababli Rossiyaga bormaslik tavsiya etilgan.

Bundan tashqari, Chexiyaning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi mamlakat fuqarolarini ushbu mamlakatning yirik shaharlarida ekstremistik guruhlarning ehtimoliy hujumlari haqida paydo bo‘lgan xabarlar munosabati bilan ehtiyot bo‘lishga va odamlar gavjum joylardan qochishga chaqirgan.

O‘z navbatida, Germaniya TIV Rossiya Federatsiyasiga sayohat qilish bo‘yicha tavsiyalarni yangilab, mamlakat fuqarolarini ogohlantirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Rossiyadagi elchixonasi Moskvadagi ehtimoliy teraktlardan ogohlantirgan, Buyuk Britaniya elchixonasi ham bunga qo‘shilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya terakt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing