Qatarda JCH uchun yollangan ishchilar och qoldi

Sport

image

2022 yilgi Jahon chempionatiga yollangan ishchilar ish sharoitidan shikoyat qildi. Hindistonlik 212 kassir (205 erkak va 7 ayol) musobaqaning ochilish marosimi oldidan 6 soat davomida ovqat va suvsiz qolgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda "Daily Mail" nashri xabar berdi.

Xodimlarning so‘zlariga ko‘ra, ular turar joydan ertalab soat 9:00 da olib ketilgan va soat 10:00 da "Al-Bayt" stadioniga yetib borishgan, biroq soat 16:00 gacha ishchilar arenaga kiritilmagan. Kassirlarga menejer kelishini kutish kerakligi aytilgan va ovqat berilmagan.

Xuddi shunday hodisa 20 nafar filippinlik sotuvchi bilan ham yuz berdi, ular stadion tashqarisida uch soat davomida ovqat va suvsiz qolib ketdi.

Barcha xodimlar "Qatar Star Services" bilan bir oylik shartnoma imzolagan. Shartnomada ular bepul turar joy va bir mahal ovqat bilan ta’minlanishi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Qatar2022 Al Bayt

Baholaganlar

212

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing