Qatarda tuhmat sabab hibsga olingan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat
−
11 mart
6929Qatarning Doha shahrida qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik fuqaro mamlakatga qaytdi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2024 yil may oyida Qatarga ishlash maqsadida borgan X.N. ish beruvchining yolg‘onlardan iborat arizasi asosida Qatar qonunchiligining bir necha moddalarini buzganlikda aybdor deb topilgani va hibsga olingani bois amaliy yordam so‘rab elchixonaga murojaat qilgan.
Bildirilishicha, u 2024 yilda Doha shahriga go‘zallik salonida ishlash maqsadida kelgan. 2024 yil avgust oyida fuqaro ish beruvchining turli sabablarni ro‘kach qilib, go‘zallik saloni hududini tark etish talabidan keyin vaqtincha yashash uchun mehmonxonaga joylashadi. Oradan hech qancha vaqt o‘tmay mahalliy politsiya xodimlari uni qochoq va o‘g‘rilikda gumon qilib qo‘lga oladi.
Qiyin vaziyatda qolgan fuqaro haq-huquqlarini himoya qilish maqsadida O‘zbekiston diplomatlari tomonidan unga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilgan, vaqtincha turarjoy va oziq-ovqat bilan ta’minlangan.
Surishtiruvlar davomida unga ish beruvchi tomonidan tuhmat qilingani, kafil ruxsatisiz qochgani va o‘g‘irlikni sodir etgani sababli 1 yillik jazo muddatini o‘tamaguncha Qatar hududini tark eta olmasligi ma’lum bo‘lgan.
Qatar huquqni muhofaza qiluvchi va tegishli organlari bilan olib borilgan muzokaralar va sud eshituvlari jarayonlarida diplomatlar ishtiroki ta’minlangan. 8 oy davomida olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida 1 yil muddatga jazoni ijro etishga hukm qilingan fuqaro X.N. sud zalidan aybsiz deb topilib, ozod qilingan. Shuningdek, unga Qatar hududini tark etish bo‘yicha qo‘yilgan barcha taqiqlar olib tashlangan.
Joriy yil 5 mart kuni diplomatlar ko‘magida u Doha-Toshkent yo‘nalishidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovi orqali O‘zbekistonga qaytarilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Vladivostok shahrida og‘ir tan jarohati olgan O‘zbekiston fuqarosi mamlakatga qaytarilgandi.
LiveBarchasi