Qatarda muxlislar zonasi yaqinida kuchli yong‘in chiqdi (Video)

Sport

image

Bugun tunda Jahon chempionati doirasida Argentina va Meksika terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadigan Qatarning Lusayl shahrida, muxlislar zonasidan uncha uzoq bo‘lmagan joyda kuchli yong‘in chiqqan. Muxlislar qishlog‘i yaqinida quyuq qora tutun ko‘tarilgan. Bu haqda nakanune.ru sayti xabar berdi.

Rasmiylarning aytishicha, Umm al-Amddagi uchta omborda yong‘in chiqqan. Qurbonlar va jabrlanganlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Ma’lumot o‘rnida, Lusayl shahri jahon chempionati uchun maxsus qayta qurilgan. Majmua diqqatga sazovor bir qator binolarni o‘z ichiga oladi: yarim oy shaklidagi osmono‘par mehmonxona, yangi stadion va ulkan sun’iy orollar.


Maqola muallifi

Teglar

Qatar2022 JCH2022

Baholaganlar

106

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing