Qatarda dunyodagi eng yirik gaz zavodi portladi. 50 dan ortiq yarador va bedarak yo‘qolganlar bor (video)

Olam

image

Qatarning Ras-Laffan sanoat hududidagi zavodda yuz bergan portlash oqibatida 54 kishi jabrlandi va yana 18 kishi bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida qolmoqda. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, Ichki xavfsizlik kuchlari tarkibidagi Qatar xalqaro qidiruv-qutqaruv guruhi fuqarolik mudofaasi bo‘linmalari bilan hamkorlikda bedarak yo‘qolganlarni qidirish ishlarini boshlagan.

Hodisa 21 iyun kuni kechqurun Doxa shahri yaqinidagi QatarEnergy kompaniyasiga qarashli korxonada sodir bo‘lgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, portlashga texnik nosozlik sabab bo‘lgan. Ayni paytda hech qanday sizib chiqish holati qayd etilmagan.

QatarEnergy kompaniyasi ishlab chiqarish jarayonini ishga tushirish vaqtida Barzan gaz taqsimlash punktida portlash va yong‘inga sabab bo‘lgan hodisa yuz berganini tasdiqladi. Yong‘inni bartaraf etish uchun voqea joyiga zudlik bilan qutqaruv va yong‘in o‘chirish guruhlari yuborilgan. Kompaniya yong‘in nazorat ostiga olinganini bildirdi.

Ma’lumot uchun, Ras-Laffan mart oyida ham raketa hujumlariga uchragan edi. O‘shanda zarbalar QatarEnergy infratuzilmasiga jiddiy zarar yetkazib, yirik yong‘inga sabab bo‘lgan. Mazkur korxonalar dunyodagi eng yirik suyultirilgan tabiiy gaz (LNG) ishlab chiqarish va eksport markazlaridan biri hisoblanadi. Ras-Laffan quvvatlari global LNG yetkazib berish hajmining qariyb 20 foizini ta’minlaydi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 iyun kuni Pokistonning notinch shimoli-g‘arbiy hududida ikkita yo‘l bo‘yidagi bomba portlashi oqibatida kamida 7 kishi halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing