Qatar o‘limga hukm qilingan hindistonliklar ishini qayta ko‘rib chiqadi

Olam

image

Avvalroq Qatarda Hindistonning sakkiz nafar fuqarosi o‘limga hukm qilingandi. Yangi ma’lumotlarga ko‘ra, Qatar bu ish bo‘yicha apellyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqishga rozi bo‘ldi. Bu haqda Qatar rasmiylariga tayanib, “The Times of India” gazetasi xabar berdi.

Hindiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Arindam Bagchi Nyu-Dehli hukmni bekor qilish uchun qonuniy choralar ko‘rayotgani va Qatar sud organlariga apellyatsiya shikoyati berganini ma’lum qilgan.

Noyabr oyida respublika Tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar o‘limga hukm qilingan hindistonliklarning oilalari bilan uchrashib, Hindiston o‘z fuqarolarini ozod qilish uchun imkon boricha harakat qilishini aytgan. Uning ta’kidlashicha, Hindiston hukumati bu masalaga jiddiy ahamiyat beradi.

Ma’lumot uchun, 2022 yil avgust oyida bir guruh Hindiston fuqarolari Isroil foydasiga josuslik qilganlikda ayblanib, Qatarda hibsga olingan. Ularning barchasi Hindiston harbiy-dengiz kuchlarining sobiq xodimlari, jumladan, ilgari hind harbiy kemalariga qo‘mondonlik qilgan yuqori martabali zobitlardir. Hibsga olinishidan oldin ular qatarlik harbiy xizmatchilarni o‘qitish va boshqa tegishli xizmatlarni ko‘rsatuvchi Dahra Global Technologies and Consultancy Services xususiy kompaniyasida ishlagan. “India Today” jurnaliga ko‘ra, Hindiston dengiz floti zobitlari Qatarning suvosti kemalari dasturiga jalb qilingan va Qatar tomoni zobitlarni bu ma’lumotni Isroilga yetkazishda ayblanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston Qatar josuslik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made