Qatar sobiq amiri vafot etdi
Olam
−
12 iyul 5845 1 daqiqa
Bugun, 12 iyul kuni Qatarni 18 yil davomida boshqargan sobiq amir Hamad bin Xalifa Ol Soniy 74 yoshida vafot etdi. Bu haqda amir devoni X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
“Allohning irodasi va taqdiriga itoat qilgan holda, amir devoni mamlakat uchun og‘ir judolik — ota-amir, oliyjanob shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniyning vafoti munosabati bilan ta’ziya bildiradi. U bugun ertalab 74 yoshida olamdan o‘tdi, deyiladi devon xabarida.
Hamad bin Xalifa Ol Soniy 1952 yilda tug‘ilgan. U Qatarning yettinchi amiri va Al Soniy sulolasining uchinchi vakili edi. U oilaning boshqa a’zolari ko‘magi bilan 1995 yil 27 iyunda, otasi — amir Xalifa bin Hamad Al Soniy Shveysariyada xizmat safarida bo‘lgan paytda davlat rahbari lavozimini egallagan. Keyinchalik otasi Fransiyada yashab, faqat 2004 yildagina vataniga qaytgan.
Amir Hamadning boshqaruv davri Qatardagi islohotlar va modernizatsiya bilan bog‘liq. 2004 yil 8 iyunda Qatarning birinchi doimiy konstitutsiyasi qabul qilindi va u 2005 yil 9 iyunda kuchga kirdi. Ol Soniy Qatarni 18 yil boshqardi va 2013 yilda taxtdan voz kechib, o‘rnini hozirga qadar mamlakatni boshqarib kelayotgan o‘g‘liga bo‘shatib berdi.
Live
Barchasi