Qatar Amiri Samarqandga keldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy 5 iyun kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi. Qatar Amirini O‘zbekiston Prezidenti Samarqand aeroportida kutib oldi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi

Qatar Amiri sharafiga ikki davlat bayroqlari ko‘tarilib, faxriy qorovul saf tortgan.

Davlat rahbarlari shohsupaga ko‘tarilgan. Shuningdek, milliy qo‘shiq va raqslardan iborat tantanali marosim bo‘lib o‘tgan.

Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga rejalashtirilgan. Bugun ikki mamlakat yetakchilari ko‘hna Samarqandning tarixiy obidalariga birgalikda tashrif buyuradi.

Ma’lumot uchun, tashrif davomida O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. 

Bunda, eng avvalo, faol siyosiy muloqotlar va madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish, energetika, gaz-kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi, infratuzilma, logistika, turizm va boshqa tarmoqlarda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish e’tibor markazida bo‘ladi.

Davlat rahbarlari xalqaro siyosat va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalarini ham muhokama qilishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing