Qatar ham 13 yildan so‘ng Damashqdagi elchixonasi qayta ochdi

Olam

image

Qatar elchixonasi Damashqda 2011 yilda Suriyada yuzaga kelgan mojaro sababli diplomatik missiyani yopganidan 13 yil o‘tgach elchixonasini qayta ochdi. Bu haqda “Al Arabiya” xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 21 dekabr kuni Damashqdagi Qatar elchixonasi binosi ustida amirlik bayrog‘i ko‘tarilgan. Diplomatik missiyaning ochilish marosimida Qatarning Suriyadagi muvaqqat ishlar vakili Xalifa Abdulla Al Mahmud ash-Sharif ishtirok etgan.

Dastlab Qatar Tashqi ishlar vazirligi 17 dekabrda elchixonani qayta ochish qarori haqida xabar bergan, lekin missiyaning ochilishi haqida rasman e’lon qilinmagan. Qatarning Suriyadagi muvaqqat ishlar vakili lavozimiga Xalifa Abdulla Al Mahmud ash-Sharif tayinlangan. U avval Tashqi ishlar vazirligining Afrika departamentini boshqargan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriya poytaxti Damashqdagi Turkiya elchixonasida 12 yillik tanaffusdan keyin ushbu mamlakat missiyasi o‘z faoliyatini qayta boshlagan edi. Keyinchalik, Yevropa Ittifoqi ham Suriyaning yangi rasmiylari bilan aloqalarni davom ettirish uchun Damashqdagi diplomatik vakolatxonasini qayta ochishini e’lon qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

elchixona Qatar Damashq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing