Qashqadaryoning 3 ta tumanida qator bozorlar yopiladi

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyatining Muborak, Koson va Kasbi tumanlaridagi qator bozorlari karantin qoidalariga rioya qilinmagani uchun yopiladi. Bu haqda Qashqadaryo hokimi Zoyir Mirzayev ma’lum qildi.

Muborak tumani markazida joylashgan  oziq-ovqat dehqon bozori xududida mahsulotlar savdosi tartibsiz holatda. Mavjud artezian quduq ta’mirlanmagan, atrofi tozalanmagan. Shuningdek, Qarliq kunlik bozorida mahsulotlar ochiq holatda tartibsiz sotilayotgani, mevalarni yuvish, qo‘l yuvish uchun sharoitlar yo‘qligi sababli vaqtincha yopilgan. Ushbu ikkala bozor ham karantin talablarini bajarmagunga qadar yopiladi

Koson tumani markaziy oziq-ovqat dehqon bozori kirish chiqish darvozalarida filtr to‘liq tashkil etilmagan, bozor xududida ko‘plab fuqarolar niqobsiz holatda yurib xarid amalga oshirmoqda, ijtimoiy masofa saqlash qoidasiga rioya etilmayotgani sababli yopiladi

Kasbi tumani xududida joylashgan, davlat ro‘yxatidan o‘tmagan va noqonuniy faoliyat ko‘rsatib kelayotgan 8 ta bir kunlik bozorlar, jumladan, Koinot nuri, Komilon, Denov, Kasbi, Fazli, Pandiron, G‘alaba va Mesit bozorlarida karantin vaqtida tibbiy post, dez barer tashkil etilmagan, rastalar yetishmaydi, atrofi o‘ralmagan. Tez buziluvchi mahsulotlar yerda sotilmoqda. Darvoza va aniq kirish joyi tashkil etilmagan. Ushbu bozorlar ham karantin talablarini bajarmagunga qadar yopiladi”, dedi Mirzayev.

U shuningdek, Chiroqchi tumani xududida joylashgan barcha oziq-ovqat dehqon bozorlarida karantin qoidalariga rioya etish qoniqarsiz holatda ekanini qayd etdi. Bu kabi misollar Chiroqchi va G‘uzor tumanlarida anchagina ekani qo‘shimcha qilindi.

Avvalroq, Qashqadaryoda 7 ta bozor karantinga yopilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

304

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing