Qashqadaryoning 2 tumanida kuchli qor yog‘di (video)

Jamiyat

image

Bugun, 5 aprel kuni Qashqadaryo viloyatining tog‘li hududlarida qor yog‘di. Bu haqda O‘zgidromet yetakchi mutaxassisi, iqlimshunos olim Erkin Abdulaxatov ma’lum qildi.

Keltirilishicha, qor viloyatning Shahrisabz tumanidagi Ko‘l qishlog‘ida yog‘gan.

Shuningdek, kecha, 4 aprel kuni tumanning tog‘li hududidagi Sarchashma qishlog‘ida ham qor yog‘ib o‘tgan.

Bundan tashqari, viloyatning Dehqonobod tumani “Guliston” mahallasida bugun tuni bilan qor yog‘ib, yerlar yaxshigina oqargan.

Avvalroq, 3 aprel kuni Jizzax viloyati Zomin tumanidagi “Duoba” qishloq fuqarolar yig‘ini hududida, dengiz sathidan 2 kilometr balandlikda havo harorati nolga yaqinlashdi, yomg‘ir qorga aylangan edi.

Eslatib o‘tamiz, 5 apreldan 7 aprelgacha O‘zbekistonning aksariyat viloyatlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqini bo‘lishi haqida ma’lum qilingandi. Kunduzgi havo harorati – hafta davomida 15-18 darajadan 20-23 darajagacha iliq bo‘ladi. Shamol 15-20 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda chang-to‘zon kuzatilishi va do‘l yog‘ishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo qor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing