Qashqadaryoni rivojlantirishning besh yillik dasturi qabul qilindi

Jamiyat

image

Joriy yilning 20 aprel kuni Vazirlar Mahkamasining “2022-2026 yillarda Qashqadaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

•    Aholini qiynab kelayotgan mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan hamda amaliy tadbirlarni o‘z ichiga olgan “yo‘l xaritasi”;
•    Qashqadaryo viloyati shahar va tumanlarining ixtisoslashuvi, “o‘sish nuqtalari” va “drayver sohalari”;
•    Sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining yig‘ma parametrlari;
•    2022 yilda Qashqadaryo viloyatida muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish hamda ijtimoiy soha ob’ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha kompleks tadbirlar;
•    Qashqadaryo viloyatining shahar va tumanlarida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha shakllantirilgan istiqbolli loyihalarning manzilli ro‘yxati.

Kompleks dasturga asosan Qashqadaryo viloyatida 2022-2026 yillarda yalpi hududiy mahsulot hajmi 1,5 baravar, sanoat mahsulotlari hajmi 1,5 baravar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 1,2 baravar, xizmatlar hajmi 2,9 baravar hamda qurilish ishlari hajmi 1,2 baravarga oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo

Baholaganlar

131

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing