Qashqadaryolik onaxon 91 yoshida pasportli bo‘ldi

O‘zbekiston

−

visibility9962 timer1 daqiqa

image

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xizmatlari agentligi tizimi xodimlari xonadonma-xonadon yurish tamoyili asosida ham faoliyat yuritmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Davlat xizmatlari markazi xodimlari Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanidagi “Kerayet” qishlog‘idagi xonadonlardan birida kutilmagan voqeaga duch keldi. 91 bahorni qarshilagan Rajab momoning hech qanday hujjati yo‘q ekan.

Markaz xodimlarining ko‘magi bilan 1928 yilda dunyoga kelgan Rajab Rahmatovaga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuvi tiklanib, unga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma topshirildi.

Onaxonga shu asosda fuqarolik pasporti rasmiylashtirildi.


Maqola muallifi

Sunnatilla Abdullaev

Baholaganlar

50

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing