Qashqadaryodan Toshkentga yuborilgan qariyb 700 kg kasal chorva go‘shti ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent Qashqadaryodan 700 kilogrammga yaqin sifatsiz go‘sht kirib kelishining oldi olindi. Tekshiruv natijasida chorva mollari tirikligida og‘ir kasallikka chalingani, shuning uchun so‘yilgani aniqlandi. Bu haqda “Yangi davr” ko‘rsatuvida xabar berildi.

Poytaxt tumanlarida IIBB va shahar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda dastlab kichik hajmdagi yuk mashinasi to‘xtatib, tekshirilgan. Bu jarayonda avtomobil yukxonasidan veterinariya hujjatlarisiz, kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan 490 kilogrammdan ziyod hayvon go‘shti olib ketilayotgani aniqlangan. Shu kuni bunday go‘sht mahsulotlarini olib ketayotgan jami uchta mashina to‘xtatilgan. Ularning birida 270 kilogrammga yaqin yirik shoxli mol go‘shti olib ketilayotgan bo‘lgan.

Iste’molga yaroqli yoki yaroqsizligini aniqlash uchun Toshkent shahar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasiga olib borilgan. Laboratoriya tekshiruvi natijalari go‘sht mahsulotlarining iste’molga yaroqsizligini ko‘rsatgan.

Haydovchilarning aytishiga qaraganda go‘sht Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri va Chiroqchi tumanidan yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

go'sht

Baholaganlar

217

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing