Qashqadaryodan Toshkentga olib kelinayotgan qariyb 1 tonna yaroqsiz go‘sht ushlandi

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyatining “Umakay” postida Toshkentga 1 tonnaga yaqin iste’molga yaroqsiz go‘sht olib ketayotgan fuqaro to‘xtatildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB Matbuot xizmati xabar berdi.

Nexia’ni boshqarib haydovchi yarim kechasi “Umakay” postida to‘xtatilgan. Tekshirilganda avtomobil ichida salkam 1 tonna iste’molga yaroqsiz, hujjatlarsiz mol go‘shti borligi aniqlangan. Haydovchining aytishicha, u go‘shtni Toshkentga bozorda sotish uchun olib kelayotgan bo‘lgan.

Go‘shtning tegishli hujjatlari yo‘qligi uchun u laboratoriya tekshiruvi o‘tkazish uchun viloyat Veterinariya va sanitariya-epidemiologiya markaziga olib kelingan. Natijada iste’molga yaroqsiz deb topilib, tegishli tartibda yo‘q qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

go'sht

Baholaganlar

390

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing