Qashqadaryodagi “zapravka”da avtomobil yonib ketdi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 28 dekabr kuni Qashqadaryodagi “zapravka”da yoqilg‘i tashuvchi avtomobil yonib ketdi. Bu haqda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat taxminan 08:45 lar atrofida Shahrisabz shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga avtomobil yonayotgani bo‘yicha xabar kelib tushgan.

Aniqlanishicha, Ipak yo‘li ko‘chasida joylashgan “Qashqadaryo Neft bazasi” MCHJ Shahrisabz filialiga qarashli 3-sonli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobcha hovlisida Zil 130 rusumli  yoqilg‘i tashuvchi avtomobil yongan.

Xabarga ko‘ra, voqea joyiga 5 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi soat 08:48 da yetib borib, yong‘inni 09:51 da to‘liq o‘chirgan.

“Yong‘indan hech kim tan jarohati olmagan. Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi kafeda yong‘in chiqqandi. Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lgan fuqarolar yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo zapravka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing